Xizmat Ko‘Rsatish Sohasini Rivojlantirishda Raqamli Texnologiyalarni Joriy Etishning Iqtisodiy Samaradorlik Tahlili

Authors

  • Boliyev Jaloliddin Qaxramonovich O‘zbekiston Respublikasi, Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, Mustaqil tadqiqotchi

Keywords:

raqamli texnologiyalar

Abstract

Mazkur maqola O‘zbekiston xizmat ko‘rsatish sohasida raqamli texnologiyalarni joriy etishning iqtisodiy samaradorligini tahlil qilishga bag‘ishlangan. Unda Prezidentning “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasi va boshqa muhim hujjatlari doirasida amalga oshirilgan islohotlar yoritiladi. Statistik ma’lumotlar asosida regressiya tahlili o‘tkazilib, IT xarajatlari va malakali xodimlar ulushining xizmat hajmiga ta’siri o‘rganilgan. Maqolada hududlar bo‘yicha xizmat hajmi, IT xarajatlari va malakali xodimlarning o‘zaro bog‘liqligi grafik va jadval ko‘rinishida keltirilgan. Tahlil natijalari raqamli texnologiyalarni joriy etish xizmat ko‘rsatish sohasida iqtisodiy samaradorlikni oshirishini tasdiqlaydi.

Downloads

Published

2025-02-08