Chakana Savdo Xizmatlarini Innovatsion Asosda Rivojlantirish

Authors

  • Mamayev To‘Lqin Najmiddinovich O‘zbekiston Respublikasi, Samarqand viloyati, “Farm Lyuks Invest” MCHJning iqtisodchisi

Keywords:

chakana savdo, innovatsion rivojlanish

Abstract

Ushbu maqolada chakana savdo xizmati sohasi rivojlanishining innovatsion yondashuvlari tahlil qilingan. Chakana savdoning o'zgaruvchan talablar va yangi texnologiyalar asosida qanday rivojlanayotganini ko'rsatish maqsadida, maqolada raqamli texnologiyalar, sun'iy intellekt, va boshqa innovatsion vositalardan qanday foydalanilayotganligi muhokama qilindi. Yangi texnologiyalar yordamida mijozlarga xizmat ko'rsatish, mahsulotlarni sotish va chakana savdo jarayonlarini samarali boshqarish imkoniyatlari o'rganildi. Unda Prezidentning “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasi va boshqa muhim hujjatlari doirasida amalga oshirilgan islohotlar yoritiladi. Maqolada, shuningdek, savdo korxonalarining raqobatbardoshligini oshirish va ularning samaradorligini ta'minlashda innovatsion yondashuvlarning o'rni haqida fikrlar bildirilgan.

Downloads

Published

2025-02-10