O`Zbekistonda Moliyaviy Majburiyatlar Hisobi

Authors

  • Obidxonov X. X. Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti, “Moliyaviy Tahlil” Kafedrasi Assistenti

Keywords:

Moliyaviy Majburiyatlar, Buxgalteriya Hisobi, Moliyaviy Hisobot, Xalqaro Moliyaviy Hisobot Standartlari (IFRS), Majburiyatlarni Baholash, Hisob Siyosati, Moliyaviy Barqarorlik, Tahlil

Abstract

Mazkur maqolada Oʻzbekistonda moliyaviy majburiyatlarni hisobga olishning nazariy asoslari va amaliy jihatlari tahlil qilinadi. Moliyaviy majburiyatlarning toʻgʻri hisobga olinishi xoʻjalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy barqarorligini taʼminlash, moliyaviy hisobotlarning ishonchliligini oshirish hamda investitsion jozibadorlikni kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Tadqiqot jarayonida moliyaviy majburiyatlarni eʼtirof etish, baholash va moliyaviy hisobotlarda aks ettirish masalalari milliy buxgalteriya hisobi standartlari hamda xalqaro moliyaviy hisobot standartlari (IFRS) talablari asosida koʻrib chiqilgan. Shuningdek, amaldagi hisob tizimida uchrayotgan muammolar aniqlanib, ularni bartaraf etish hamda moliyaviy majburiyatlar hisobini takomillashtirish boʻyicha ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan. Maqola natijalari moliyaviy boshqaruv samaradorligini oshirishga, hisobotlarning shaffofligini taʼminlashga hamda Oʻzbekiston moliya tizimini xalqaro amaliyotga uygʻunlashtirishga xizmat qiladi.

Downloads

Published

2026-10-08