Kam Sonli Klasterli Panelda Daromad Bo‘Sag‘Asining Identifikatsiya Qilinmasligi Va Uning Bootstrap Testi Orqali Tekshirilishi

Authors

  • Saydullayev Azamat Jo‘raqul o‘g‘li Sharof Rashidov nonimdagi Samarqand davlat universiteti Inson resurslari va mahalla taraqqiyotini boshqarish instituti “Tarmoqlar iqtisodiyoti” kafedrasi dotsenti

Keywords:

panel bo‘sag‘a regressiyasi, Hansen testi, bootstrap, identifikatsiya, ekologik panoh gipotezasi,, daromad chegarasi, klasterlangan standart xatolar

Abstract

Tezisda ekologik panoh gipotezasi adabiyotida odatiy bo‘lgan «daromad chegarasi» farazi Hansen panel bo‘sag‘a regressiyasi va mamlakat-blok bootstrap testi yordamida Yevrosiyoning 16 o‘tish iqtisodiyoti bo‘yicha 2000-2022 yillar WDI panelida sinab ko‘riladi. Daromad bo‘yicha chegara 9 403 dollarda baholansa-da, F = 8,6 statistikasi bootstrap kritik qiymatidan past (p = 0,117), ishonch oralig‘i esa 1 095 dollardan 10 342 dollargacha cho‘zilib, deyarli namunaning deyarli to‘liq oralig‘ini qamrab oladi. Bu natija kam sonli klasterli panelda bo‘sag‘a testining quvvati cheklanganini va daromad chegarasini oldindan tayinlash amaliyoti empirik asosga ega emasligini ko‘rsatadi.

Downloads

Published

2026-10-10