O’zbekistonda Gastranomik Turizmni Rivojlantirish Va Zamonaviy Texnologiyalarning Bu Jarayondagi Roli
Keywords:
gastronomik turizm, O‘zbekiston, milliy oshxona, gastronomik meros, zamonaviy texnologiyalar, raqamli marketing, raqamli turizm, ijtimoiy tarmoqlar, turistik tajriba, gastronomik destinatsiyaAbstract
Mazkur tezisda O‘zbekistonda gastronomik turizmni rivojlantirish imkoniyatlari hamda ushbu jarayonda zamonaviy texnologiyalarning o‘rni tadqiq etiladi. O‘zbekistonning boy milliy oshxonasi va gastronomik merosi turistlarni jalb etuvchi muhim turizm resurslaridan biri sifatida tahlil qilinadi. Tadqiqotda raqamli marketing, ijtimoiy tarmoqlar, mobil ilovalar, onlayn platformalar, QR-kodli menyular va geolokatsiya xizmatlaridan foydalanishning gastronomik turizmni targ‘ib qilish hamda turistlar tajribasini yaxshilashdagi imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, O‘zbekistonda gastronomik turizmni rivojlantirishda mavjud muammolar va zamonaviy texnologiyalardan samarali foydalanish istiqbollari yoritiladi. Tadqiqot natijalari gastronomik turizmni raqamlashtirish, milliy gastronomik merosni xalqaro miqyosda targ‘ib qilish va hududlarning turistik jozibadorligini oshirish bo‘yicha amaliy takliflar ishlab chiqishga xizmat qiladi.Downloads
Published
2026-10-12
Issue
Section
Articles
