Muzeylarida Inklyuziv Muhitni Shakllantirish: Samarqand Misolida
Keywords:
Samarqand, muzeylar, inklyuziv turizm, madaniy meros, foydalanish imkoniyati, muzey xizmatlari, raqamli vositalar, tashrif buyuruvchi tajribasiAbstract
Mazkur tadqiqot Samarqand muzeylarida turli ehtiyojlarga ega tashrif buyuruvchilar uchun inklyuziv muhit yaratish va muzey xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish masalalariga bag‘ishlangan. Jismoniy muhitning qulayligi, axborotning tushunarliligi, raqamli vositalardan foydalanish hamda xizmat ko‘rsatish sifati asosiy tahlil yo‘nalishlari sifatida tanlangan. Ilmiy manbalarni o‘rganish va so‘rovnoma javoblarini tahlil qilish orqali inklyuziv muzey xizmatlarini rivojlantirish imkoniyatlari aniqlangan. Olingan natijalar muzey infratuzilmasi va xizmatlarini tashrif buyuruvchilarning individual ehtiyojlariga moslashtirish, ma’lumotlarni turli formatlarda yetkazish hamda xodimlarning inklyuziv xizmat ko‘rsatishga oid malakasini oshirish muhimligini ko‘rsatadi.Downloads
Published
2026-10-12
Issue
Section
Articles
