INGLIZ VA O'ZBEK TILLARIDAGI BALIQ NOMLARINING ETIMOLOGIK TAHLILI

Authors

  • Abdullayeva Kamola Ravshanovna Urganch innovatsion universiteti, Magistranti

Keywords:

Etimologiya, baliq nomlari, qiyosiy tilshunoslik, ingliz tili, o’zbek tili

Abstract

Ushbu maqola ingliz va o’zbek tillarida qo’llaniladigan baliq nomlarining etimologik xususiyatlarini qiyosiy o’rganishga bag’ishlangan. Maqsad – baliq nomlari orqali til, madaniyat va atrof-muhit o’rtasidagi bog’liqlikni aniqlash. Baliq nomlari biologik belgidan tashqari, xalq bilimi va tarixiy aloqalarni ham aks ettiradi.Ingliz va o’zbek tillaridagi baliq nomlarining etimologik jihatlari alohida o’rganilgan bo’lsada, ularning qiyosiy tahlili yetarlicha o’rganilmagan. Ushbu tadqiqot ushbu bo’shliqni to’ldirishga qaratilgan.Maqolada ingliz va o’zbek tillarida keng tarqalgan baliq nomlari tanlab olindi. Ularning etimologiyasi lug’atlar, tarixiy manbalar va lingvistik tahlil usullari orqali o’rganildi. Nomlarning kelib chiqishi, ma’nolari va o’zgarish tendentsiyalari aniqlandi.Tadqiqot natijalari shuni ko’rsatdiki, ba’zi baliq nomlari umumiy ildizlarga ega, bu ikki til o’rtasidagi tarixiy va madaniy aloqalarni aks ettiradi. Boshqa nomlar mahalliy xususiyatlar, baliqlarning tashqi ko’rinishi yoki xatti-harakatlariga asoslangan.Ushbu tadqiqot ingliz va o’zbek tillarida baliq nomlarining etimologik xususiyatlarini ochib beradi va tilshunoslik, madaniyatshunoslik va biologiya sohalariga hissa qo’shadi. Maqola natijalari lingvistik ta’lim, lug’atshunoslik va madaniy merosni saqlashga yordam beradi.

Downloads

Published

2025-02-21

How to Cite

INGLIZ VA O’ZBEK TILLARIDAGI BALIQ NOMLARINING ETIMOLOGIK TAHLILI. (2025). International Conference on Linguistics, Literature And Translation (London), 12, 47-50. https://top-conferences.us/index.php/ICLLT/article/view/1396

Similar Articles

21-30 of 141

You may also start an advanced similarity search for this article.