RAQAMLI MEDIADA MILLIY QADRIYATLARNING YORITILISHI: QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI MISOLIDA ZAMONAVIYLIK VA AN’ANAVIYLIK UYG‘UNLIGI
Keywords:
raqamli media, milliy qadriyatlar, zamonaviylikAbstract
Ushbu tadqiqot Qoraqalpog‘iston Respublikasida raqamli media platformalarida milliy qadriyatlarning aks ettirilishi va zamonaviylik bilan uyg‘unlashuvi masalasini o‘rganadi. Tadqiqotda Qoraqalpog‘istonning ommabop Telegram kanallari, Instagram sahifalari, YouTube kontentlari va boshqa OAV veb-saytlaridagi materiallar tahlil qilingan. Tadqiqotning maqsadi milliy qadriyatlarning raqamli media vositalarida qanday aks etishi, ularning zamonaviylik bilan uyg‘unlashuvi darajasi va yoshlar tomonidan qanday qabul qilinishini aniqlashdan iborat. Tadqiqotda kontent tahlili, sintez, taqqoslash va statistik metodlar qo‘llanilgan. Tadqiqot natijalari milliy qadriyatlarning zamonaviy media vositalarida yoritilishi ijobiy tendensiyani ko‘rsatgan, ammo ba’zi hollarda ularning ma’naviy jihatlari yetarlicha yoritilmaganligini ko‘rsatadi. Tadqiqotning natijalari nafaqat Qoraqalpog‘iston, balki boshqa hududlarda ham milliy qadriyatlarni raqamli media vositalarida taqdim etish va ular bilan zamonaviylikni uyg‘unlashtirish uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.Downloads
Published
2025-05-16
Issue
Section
Articles
How to Cite
RAQAMLI MEDIADA MILLIY QADRIYATLARNING YORITILISHI: QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI MISOLIDA ZAMONAVIYLIK VA AN’ANAVIYLIK UYG‘UNLIGI. (2025). International Conference on Linguistics, Literature And Translation (London), 15, 23-26. https://top-conferences.us/index.php/ICLLT/article/view/1729