QASIDALAR TURKUMIDA FAQRLIK TALQINI

Authors

  • Bekova Nazora Jo`rayevna F.f.d, professor, Buxoro davlat universiteti
  • Ibroimova Mahliyo Najmiddinovna Tayanch doktorant,Buxoro davlat universiteti

Keywords:

Alisher Navoiy, Tuhfatul afkor, faqr

Abstract

Ushbu maqolada Alisher Navoiyning “Tuhfatul afkor” qasidasi tasavvufiy-estetik yondashuv asosida tahlil qilinib, undagi darveshlik va faqrlik tushunchalari ijtimoiy-axloqiy g‘oyalar bilan uyg‘unlikda yoritiladi. Mavzuga oid ilgari olib borilgan tadqiqotlarda ushbu qasidada ifodalangan faqr va saltanat o‘rtasidagi ziddiyatning ijtimoiy va falsafiy mazmuni yetarlicha tahlil qilinmagan. Shu bois, maqolada poetik matn tahlili va semantik-mazmuniy tahlil metodlari asosida qasidaning asosiy g‘oyaviy yo‘nalishlari aniqlab beriladi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, faqr martabasi Navoiy tomonidan ruhiy yetuklik, ilohiy muhabbat va axloqiy komillik timsoli sifatida talqin qilinadi, shohlik esa dunyoparastlik va nafskorlikning ramzi sifatida keskin tanqid qilinadi. Ushbu xulosalar Navoiy asarlarini zamonaviy ma’naviy-tarbiyaviy jarayonlarda qo‘llash imkoniyatlarini kengaytiradi va tasavvuf poetikasining hozirgi davrdagi ahamiyatini ko‘rsatadi.

Downloads

Published

2025-04-03

How to Cite

QASIDALAR TURKUMIDA FAQRLIK TALQINI. (2025). International Conference on Linguistics, Literature And Translation (London), 13, 71-72. https://top-conferences.us/index.php/ICLLT/article/view/1546

Similar Articles

1-10 of 33

You may also start an advanced similarity search for this article.