REKLAMA MATNINING KOMMUNIKATIV VA MADANIY ASPEKTLARI
Keywords:
reklama, kommunikatsiya, madaniyat, stilistik vositalarAbstract
Ushbu maqolada reklama matnining kommunikativ va madaniy aspektlari tahlil qilinadi. Reklama nafaqat axborot berish, balki auditoriyani jalb qilish va ijtimoiy qadriyatlarni shakllantirish vositasi sifatida ham muhim o‘rin tutadi. Tadqiqotda o‘zbek va xorijiy reklama matnlari namunalariga asoslangan holda ularning lingvistik va madaniy xususiyatlari tahlil qilinadi. Deskriptiv-lingvistik va kontekstual metodlar asosida olib borilgan tahlil reklama matnlarida ishlatiladigan stilistik vositalar, madaniy kontekst va kommunikativ strategiyalarni aniqlashga xizmat qiladi. Tadqiqot natijalari reklama matnlarining samaradorligi ularning til vositalari va madaniy moslashuv darajasi bilan bevosita bog‘liq ekanligini ko‘rsatadi. Reklama matni ijtimoiy ongga ta’sir ko‘rsatishda kuchli vosita sifatida madaniyatlararo kompetensiyani talab qiladi.Downloads
Published
2025-05-27
Issue
Section
Articles
How to Cite
REKLAMA MATNINING KOMMUNIKATIV VA MADANIY ASPEKTLARI. (2025). International Conference on Linguistics, Literature And Translation (London), 15, 57-59. https://top-conferences.us/index.php/ICLLT/article/view/1784