Metallurgiyaga Oid Terminlarning Polisemik Tadqiqi

Authors

  • O`tkirova Shahlo Asqar qizi Navoiy Davlat Universiteti tayanch doktoranti

Keywords:

polisemiya, omonimiya, metallurgiya terminologiyasi, terminologiya, ilmiy tarjima, qiyosiy tahlil

Abstract

mazkur maqolada metallurgiya terminologiyasida uchraydigan polisemiya va omonimiya hodisalari hamda ularning ilmiy tarjima jarayonidagi ahamiyati tahlil qilinadi. Terminologik tizimlarda bitta terminning bir nechta ma’noga ega bo‘lishi yoki shaklan bir xil bo‘lgan terminlarning turli ma’nolarni ifodalashi ilmiy kommunikatsiyada semantik noaniqliklarni yuzaga keltirishi mumkin. Tadqiqotda ingliz va o‘zbek tillaridagi metallurgik terminlar lingvistik va qiyosiy metodlar asosida o‘rganildi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, metallurgiya terminlarida polisemiya texnologik jarayonlar va material xususiyatlari bilan bog‘liq holda yuzaga keladi, omonimiya esa ko‘pincha umumtil va maxsus terminologiya kesishgan nuqtalarda namoyon bo‘ladi. Tadqiqot terminologik tizimlarni standartlashtirish va ilmiy tarjima sifatini oshirish uchun muhim ilmiy asos bo‘lib xizmat qiladi.

Downloads

Published

2026-03-15

How to Cite

Metallurgiyaga Oid Terminlarning Polisemik Tadqiqi. (2026). International Conference on Linguistics, Literature And Translation (London), 24, 40-43. https://top-conferences.us/index.php/ICLLT/article/view/3188

Similar Articles

1-10 of 100

You may also start an advanced similarity search for this article.