INGLIZ VA O‘ZBEK TILSHUNOSLIGIDA ILOVA HODISASINING TADQIQI: TERMINOLOGIK VA TARIXIY YONDASHUVLAR

Authors

  • Daminov Jamshid Zafar o’g’li Navoiy davlat universiteti

Keywords:

ilova hodisasi, ilovali konstruksiya, ilovali element, appozitsiya, ajratilgan bo‘lak, parsellyativ qurilma, sintaktik aloqa, intonatsiya, axborot tuzilishi, kommunikativ sintaksis, diskurs, semantik xususiyat, pragmatik funksiya, ingliz tili, o‘zbek tili

Abstract

Mazkur maqolada ilova hodisasi va ilovali elementlarning ingliz hamda o‘zbek tilshunosligida o‘rganilish tarixi, mazkur hodisani ifodalashda qo‘llanadigan terminlarning o‘ziga xos xususiyatlari va ularning o‘zaro muvofiqligi masalasi tahlil qilinadi. Ingliz tilshunosligidagi apposition, supplementation, afterthought, right dislocation, detachment, parenthetical, loose apposition kabi terminlar hamda o‘zbek tilshunosligida qo‘llanadigan ilova, ilovali konstruksiya, ilovali element, ajratilgan bo‘lak, parsellyativ qurilma kabi atamalar semantik, sintaktik, kommunikativ va funksional jihatdan qiyosiy yoritiladi. Shuningdek, ilova hodisasining tadqiq etilish bosqichlari, uning dastlabki grammatik talqinlaridan tortib, zamonaviy kommunikativ sintaksis, matn sintaksisi, axborot tuzilishi va diskursiv yondashuvlar doirasidagi tadqiqigacha bo‘lgan rivojlanish jarayoni ko‘rib chiqiladi. Ingliz tilidagi apposition, afterthought va right dislocation hodisalarining o‘zbek tilidagi ilovali konstruksiyalar bilan to‘liq aynanlashtirib bo‘lmasligi asoslanadi. Maqolada ingliz va o‘zbek tilshunosligida ilova hodisasining sintaktik, intonatsion, semantik, kommunikativ-pragmatik hamda uslubiy xususiyatlarini o‘rganishga bag‘ishlangan tadqiqotlar umumlashtirilib, mazkur hodisaning zamonaviy lingvistik talqinidagi asosiy yo‘nalishlar yoritiladi

Downloads

Published

2026-10-12

How to Cite

INGLIZ VA O‘ZBEK TILSHUNOSLIGIDA ILOVA HODISASINING TADQIQI: TERMINOLOGIK VA TARIXIY YONDASHUVLAR. (2026). International Conference on Linguistics, Literature And Translation (London), 30, 77-80. https://top-conferences.us/index.php/ICLLT/article/view/4196

Similar Articles

1-10 of 178

You may also start an advanced similarity search for this article.