SHAXS DEYKSISI – TURLI TILLAR TIZIMIDA
Keywords:
Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqqan holda ta’kidlash mumkinki, deyksis maydoni markazida shaxs turadi. Shaxs deyksisi esa o`z navbatida olmoshlar guruhlarida o`z aksini topadi. Olmoshlar uch shaxsdan iborat bo`lgani kabidek nutqiy muloqot jarayonida shaxs deyksisining ham uch tarkibdan iborat ekanligini ko`rishimiz mumkin.Abstract
Bugungi kunda shaxs deyksisi ko`pgina tilshunoslarni o`ziga jalb qilmoqda. Bunga sabab matn mazmunini to`liq anglash va sodir bo`layotgan hodisani kognitiv tahlil qilish uchun shaxs voqeilikni o`z ko`z o`ngida bo`layotgandek tasavvur qilishidadir. Voqeilikda sodir bo`layotgan hodisa va jarayonlar shaxsning o`z “men”idan kelib chiqqan holda qabul qilinadi va baholanadi. Shaxs voqeilikni idrok qilibgina qolmay, o`z nutqiy tafakkuridan kelib chiqqan holda uni adresatga bayon qiladi. Shuning uchun ham nutqiy tafakkur va lisoniy ong markazida idrok shaxsi turadi, uning meni axborotning lisoniy bayoni uchun boshlang’ich nuqtadir. Shaxs nutqiy muloqot jarayonida voqeilikning zamon, makon, ijtimoiy mavqei tushunchalarini o`zi belgilaydi va shu sababli muloqot markazida shaxs turadi. Bu markaz shaxsga asoslanib, yagona deyktik maydonni hosil qiladi.Downloads
Published
2025-02-09
Issue
Section
Articles
How to Cite
SHAXS DEYKSISI – TURLI TILLAR TIZIMIDA. (2025). International Conference on Linguistics, Literature And Translation (London), 12, 4-6. https://top-conferences.us/index.php/ICLLT/article/view/1290