TARIXIY ROMANLAR MATNIDA EVFEMIK BIRLIKLARNING IFODALANISH USULLARI
Keywords:
evfemizm, tarixiy roman, lingvopragmatika, diskurs, badiiy matn, nutqiy strategiya, semantika, stilistikaAbstract
Ushbu maqolada tarixiy romanlar matnida evfemik birliklarning qo‘llanilishi va ularning lingvopragmatik xususiyatlari tahlil etiladi. Tadqiqotda evfemizmlarning badiiy matndagi yumshatish, ijtimoiy-madaniy me’yorlarni aks ettirish hamda nutqiy strategiyalarni ifodalashdagi o‘rni yoritiladi. Tarixiy asarlar misolida evfemik birliklarning semantik va funksional jihatlari aniqlanadi. Shuningdek, ular orqali muallifning adresatga ta’sir ko‘rsatish usullari ko‘rib chiqiladi. Evfemizmlarning qo‘llanishi davr ruhini berish va tarixiy kolorit yaratishda muhim vosita ekanligi asoslab beriladi. Tadqiqot natijalari tarixiy matnlarning diskursiv-pragmatik talqinini chuqurlashtirishga xizmat qiladi.